Bugun 17 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda marhumlar uchun tosh va marmardan yodgorliklar o‘rnatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda marhumlar uchun tosh va marmardan yodgorliklar o‘rnatish taqiqlandi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Dafn etish va dafn marosimi to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi Qirg‘iziston jamiyatida marhumni dafn etishda haddan tashqari isrofgarchilik va bema’nilik, boshqa odamlarning ijtimoiy mavqeini mensimaslik, diniy urf-odat va an’analardan bexabarlik kabi holatlar kuzatilmoqda. Marhumning qarindoshlari tosh, granit yoki marmardan ulkan maqbara quradilar, uning haykalini o‘rnatadilar, qabrlarni chiroyli metall panjaralar bilan bezaydilar.

  • Qarorga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasiga marhumning dafn marosimi an’ana va urf-odatlarini tartibga solishga qaratilgan tegishli fatvo chiqarish taklif qilingan:
  • musulmonlar qabristonlari hududida yodgorliklar, haykallar, qabr toshlari, tosh, granit, marmar, metall va shu materiallarning birikmasidan yasalgan to‘siqlar qurish va o‘rnatishni taqiqlash, tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan qabristonlar bundan mustasno;
  • yog‘och materiallardan balandligi 70 santimetrdan oshmaydigan qabr yodgorliklari va panjaralar yasash.

Davlat organlariga:

  • uch oy muddatda “Dafn etish va dafn marosimi tartiblari to‘g‘risida”gi Qirg‘iziston Respublikasi Qonunini amalda tatbiq etish choralarini ko‘rsin;
  • qabristonlarni joylashtirish, loyihalash va obodonlashtirish, ulardan foydalanish va saqlash, qabr yodgorliklarining o‘lchamlari, ularni tayyorlash va o‘rnatish uchun materiallarni tartibga soluvchi shaharsozlik hujjatlarini, namunaviy qoidalarni (yo‘riqnomalarni) ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • diniy urf-odat va an’analar asosida marhumni dafn etish, qabr yodgorliklarini qurishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan xalq o‘rtasida doimiy ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish buyurildi.
Kiritildi: 20:50 16.10.2024. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!