Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda kriptobanklar paydo bo‘lishi mumkin

Qirg‘izistonda kriptobanklar paydo bo‘lishi mumkin

Qirg‘izistonda kriptovalyutalar bilan operasiyalarni amalga oshirish uchun kriptobanklar yaratish taklif qilinmoqda. Tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, kriptobanklar tadbirkorlik faoliyati sifatida Qirg‘iziston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq berilgan lisenziya asosida virtual aktivlar bilan bog‘liq bank xizmatlarining bir yoki bir nechta turlarini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida kriptovalyutalarga qiziqish sezilarli darajada oshgan va kriptobankning tashkil etilishi ushbu bozorni tuzilmalashtirish va qonuniylashtirish imkonini beradi. Ayni paytda Qirg‘izistonda kriptovalyuta bozori yaxshi tartibga solinmaganligicha qolmoqda. Kriptobank, ularga ko‘ra, foydalanuvchi huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi va shu bilan firibgarlik va mablag‘larga ruxsatsiz kirish xavfini kamaytiradi.

Qonun loyihasi kriptoaktivlar bilan bog‘liq operasiyalarni amalga oshirish uchun xavfsiz, shaffof va samarali muhitni yaratishga qaratilgan

Kiritildi: 16:02 05.11.2024. O'qildi: 858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!