Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MQQ) KFC'da «norozilik» deb atalmish aksiya o‘tkazgan 4 kishini qo‘lga oldi.
Yoshlar restoranga Falastin bayrog‘i ko‘tarilgan bayroq bilan kirib, qizil bo‘yoqlarni tashlab, «Boykot» deb baqirishgan.
Ular soqchilar bilan ham tortishib, keyinroq videoni o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlarida tarqatishgan.
Eslatib o‘tamiz, bosqinchi isroilning Falastinda qilayotgan genosidini qo‘llab-quvvatlayotgan kompaniyalarga qarshi dunyo musulmonlari «boykot» orqali katta zararlar yetkazishmoqda.