Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda deputat davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi

A A A
Qirg‘izistonda deputat davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi

Qirg‘izistonda deputat Adaxan Madumarov davlatga xiyonatda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, gap 2009 yilda Xo‘jandda imzolangan protokol haqida ketmoqda. Adaxon Madumarov Xavfsizlik kengashi kotibi sifatida Tojikiston tomoni bilan ikki mamlakat davlat organlari rahbarlarining Xavfsizlik kengashlari kotiblari boshchiligidagi ishchi uchrashuvi bayonnomasini imzolagan.

Hujjatga ko‘ra, Qirg‘iziston tomoni Tojikistondan maydoni 5 gektar, uzunligi 275 metr bo‘lgan yer uchastkasini 49 yilga ijaraga olgan. Protokol Xo‘janddagi muzokaralardan so‘ng qabul qilingan.

Gumonlanuvchi tergov izolyatorida saqlanadi, hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Boshqa tavsilotlar ochiqlanmagan.

Iyun oyida mamlakat parlamenti Bosh prokuratura so‘rovidan so‘ng Madumarovni jinoiy javobgarlikka tortishga rozi bo‘lgan.

Kiritildi: 10:40 04.09.2023. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!