Ma’lum qilinishicha, 28 mart kuni noma’lum erkak “Oq-Ordo” turar joy mavzesida bolalarga shunday shirinliklar ulashgan.
Shundan so‘ng ota-onalar milisiyaga murojaat qilgan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tekshiruv davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumonlanuvchining shaxsini aniqladi. Uning uyida o‘tkazilgan tintuv chog‘ida shunga o‘xshash konfetlar va ishga oid boshqa dalillar topilgan.
Hozirda erkak vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.