Putin Trampga yaqin haftalarda Zelenskiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashishini va’da qildi, deb xabar bermoqda Oq uy.
AQSh prezidenti ma’muriyati matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Tramp Ukraina bo‘yicha keyingi uchrashuvlar uchun yana bir oy kutishni istamaydi va imkon qadar tezroq yangi aloqalar tarafdori.
Kerolayn Levitt shuningdek, Vens, Rubio va Vitkoff Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi uchrashuv ustida ish olib borayotganini aytdi.
Bundan tashqari, jurnalistning savoliga javob berar ekan, u AQSh milliy xavfsizlik guruhi har ikki tomon bilan muzokaralar tashkil etishning turli variantlarini faol muhokama qilayotganini qayd etdi.
Politico nashrining yozishicha, Budapesht uch tomonlama uchrashuv o‘tkaziladigan joy bo‘lishi mumkin.