Qirg‘iziston parlamenti yana bir bor TikTok ijtimoiy tarmog‘iga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish taklifini muhokama qildi.
Jogorku Kenesh yig‘ilishida deputat Mahabat Mavlyanova platformani blokirovka qilish masalasini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda TikTok cheklangan bo‘lsa-da, foydalanuvchilar ilovaga VPN orqali kirishda davom etyaptilar.
“Albatta, milliy xavfsizlik va yoshlar ta’limi kabi muhim masalalarni hisobga olishimiz kerak. Biroq, bu muammolarni uni taqiqlash orqali hal qila olmaymiz. Bugungi kunda TikTok nafaqat ko‘ngilochar platforma, balki axborot tarqatish, bilimlarni rivojlantirish va biznesni rivojlantirish platformasiga ham aylandi.
Minglab yoshlar ushbu platformadan o‘z iste’dodlarini namoyish etish va kichik biznesni rivojlantirish uchun foydalanadilar. Ko‘pgina yoshlar uchun bu daromad manbaiga aylandi. Shu munosabat bilan taqiqni bekor qilish kerak”, - dedi deputat.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yanvar oyida Jogorku Kenesh deputatlari hukumatga TikTokni qayta ochish va mamlakatda uning vakolatxonasini tashkil etishni taklif qilgan edi.
Avvalroq, 2024 yil aprel oyida Qirg‘izistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘iga kirish cheklangan edi.