Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston Falastinga o‘z elchisini tayinlamoqchi

Qirg‘iziston Falastinga o‘z elchisini tayinlamoqchi

Qirg‘iziston Falastinda o‘z diplomatini tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Edil Baysalov Turkiyaning TRT World nashriga bergan intervyusida hukumatning ushbu rejalari haqida ma’lum qildi.

Baysalov Qirg‘izistonning xalqaro maydondagi gumanitar roli haqidagi savolga, jumladan G‘azo mojarosida Falastinni qo‘llab-quvvatlash chaqiriqlari nuqtai nazaridan javob berar ekan, Qirg‘iziston Falastinga yordam berishda davom etayotganini va Falastinga elchi tayinlashi mumkinligini ta’kidladi.

Bundan avvalroq, ya’ni 2023 yil avgust oyida Falastin tashqi ishlar vaziri Riyoz Al-Malikiy Bishkekka tashrif buyurib, u yerda qirg‘izistonlik hamkasbi bilan tadbirlar o‘tkazgan edi. Natijada bir qancha kelishuvlar imzolanib, Qirg‘izistonda Falastin missiyasini ochish masalasi ham muhokama qilingan edi.

Kiritildi: 22:54 15.10.2024. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!