Prezident Sadir Japarovning ko‘rsatmasi bilan Qirg‘iziston hukumati Eronga gumanitar yordam ortilgan yettita yuk mashinasini yubordi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, gumanitar yordamning umumiy hajmi 129 tonnani tashkil etadi, jumladan, 66 tonna oziq-ovqat (un, konservalangan go‘sht, o‘simlik yog‘i) va 63 tonna dori-darmon.
"Yordam jabrlangan tinch aholini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. Gumanitar yordamni Eron tomoniga o‘tkazish Qirg‘izistonning Erondagi elchisi Akilbek Qilichev ishtirokida amalga oshiriladi", - deyiladi bayonotda.