O‘zbek-qirg‘iz chegarasidan besh kilometr masofada, O‘sh viloyatiga qarashli Barak eksklavi teng miqdordagi yer evaziga O‘zbekistonga berilishi mumkin. Bu haqda “24.kg” Qirg‘iziston hukumatning viloyatdagi vakili Bayish Yusupovga tayanib, xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda eksklav bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti. Masala butunlay hal etilmagan.
“Barak eksklavida yashovchi aholi o‘z davlatiga qo‘shilishni xohlaydi. Biz bu masala ustida muzokaralar olib boryapmiz. Qaror har ikki tomon bir to‘xtamga kelganda qabul qilinadi, so‘ng parlament ratifikasiya qilishi kerak bo‘ladi. Komissiya ishlayapti, aholining fikrini o‘rganib, yakuniy xulosaga kelishi uzoq davom etadigan jarayon”, degan Bayish Yusupov.
Ma’lumot uchun, Barak eksklavi O‘sh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli hudud. U Qirg‘iziston chegarasidan besh kilometr uzoqlikda joylashgan.
Manba: qalampir.com