11 iyul kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari Xorazm viloyati IIBdagi hamkasblari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) va 211 moddasida (“Pora berish”) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun qidiruvga e’lon qilingan va Xorazm viloyati hududida yashirinib yurgan 27 yoshli Alisher T.ni qo‘lga olishdi.
Sud Alisher T.ga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasini qo‘lladi.