Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida navbatdagi amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, ish yurituvda bo‘lgan ijro hujjatiga muvofiq, qarzdor MCHJdan undiruvchi bank foydasiga 2 mlrd 741 mln 522 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan garov sifatida rasmiylashtirilgan va qidiruvga berilgan yuk tortuvchi transport vositasi Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Rial Trans” MCHJ hududida aniqlandi. Boshqarma inspektorlari tomonidan mazkur transport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, tegishli prosessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ayni paytda garov mulkini baholash hamda qonunchilikda belgilangan tartibda realizasiya qilish orqali undiruvchi foydasiga qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilmoqda.
Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.