Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Bo‘ka tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.M.dan undiruvchi “Kapitalbank“ ATB foydasiga qarz undirish va undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi(garov mulki)ga qaratish yuzasidan ijro hujjati kelib tushgan.
Davlat ijrochilarining bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan qarzdorlik bartaraf etilmagan.
Garovdagi mulk tegishli tartibda qidiruvga berilgan.
Qarzdor avtotransport vositasini boshqarib yurgan vaqtda Toshkent viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi tomonidan ushbu avtotransport vositasi ushlanib davlat ijrochilariga topshirildi.
Hozirda davlat ijrochisi tomonidan garovdagi avtotransport vositasini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.