Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Istanbuldan deportasiya qilindi

Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Istanbuldan deportasiya qilindi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Istanbul shahrida qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2021 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1981 y.t. RAXMATOVA SHOXNOZA SAYIDMURODOVNA bugun
Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportasiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.

Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.

Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda ko‘plab firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlardan ogoh bo‘lishni so‘raydi.

Kiritildi: 12:36 07.09.2024. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!