“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qibray tumanida "T.O.” AJga qarashli ko‘p qavatli turar joy binosi tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, loyiha hujjatlarisiz tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 4 milliard 45 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.