Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qaysi vazirlik tizimi eng ko‘p Davlat byudjeti intizomini buzgan?

Qaysi vazirlik tizimi eng ko‘p Davlat byudjeti intizomini buzgan?

Davlat moliyaviy nazorat departamenti 2019 yilning 9 oyi davomida vazirliklar tizimlari tomonidan byudjet intizomini buzilish holatlari bo‘yicha axborot berdi

Ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan 9 oy davomida Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi muassasalari tomonidan byudjet intizomini buzish holatlari 18,9 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan qonunbuzilish holatlari 9,8 mlrd.so‘mga (2 marta) ko‘paygan.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimi tashkilotlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari

12,1 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan

10,4 mlrd.so‘mga (7 marta), Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi muassasalarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 6,6 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan

3,5 mlrd.so‘mga (2 marta) ko‘paygan.

Shu bilan birga, hisobot davrida Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 10,2 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan (10,7 mlrd.so‘m) kamaygan bo‘lsada, yirik miqdorda qonunbuzilish holatlari saqlanib qolmoqda.

Kiritildi: 08:00 12.10.2019. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!