Davlat test markazi 2022-2023-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 1 146 744 nafarni tashkil etdi.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
Kunduzgi ta’lim shakli — 585 669 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 528 839 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 25 369 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 6 867 nafar.
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasalari (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
O‘zbekiston milliy universiteti — 41 577 nafar.
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 40 523 nafar.
Namangan davlat universiteti — 37 267 nafar.
Urganch davlat universiteti — 37 091 nafar.
Jizzax davlat pedagogika instituti — 35 706 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
Qashqadaryo viloyati — 133 987 nafar.
Samarqand viloyati — 125 717 nafar.
Toshkent viloyati — 107 923 nafar.
Farg‘ona viloyati — 104 201 nafar.
Surxondaryo viloyati — 101 417 nafar.