Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qatar futbol bo‘yicha yana bir yirik turnirga mezbonlik qilmoqchi

Qatar futbol bo‘yicha yana bir yirik turnirga mezbonlik qilmoqchi

Qatar 2029 yilda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazishga qiziqish bildirdi, deya xabar bermoqda The Guardian. Bu turnirni qish vaqtiga o‘tkazishga olib kelishi mumkin.

Davlat vakillari ushbu turnir davomida AQShda FIFAning yuqori lavozimli rasmiylari bilan muzokaralar olib borishdi va kelasi turnirni o‘tkazish niyatlarini bildirishdi.

Qatar turnirda ekologiya bo‘yicha zararlar minimal darajada bo‘lishini rejalashtirmoqda. Bu hozirgi turnir bilan keskin farq qiladi, chunki jamoalar 11 shahar o‘rtasida harakatlanishga majbur bo‘lmoqda. 2022 yilgi jahon chempionati uchun qurilgan 9 ta stadion hali ham Qatar tasarrufida bo‘lib, ularning 6 tasida muntazam ravishja mamlakat chempionati o‘yinlari o‘tkaziladi.

Norasmiy muhokamalar davomida 2029 yil dekabr oyi turnirni Qatarda o‘tkazish uchun ehtimoliy vaqt sifatida tilga olindi.

FIFA turnirni o‘tkazish huquqi uchun rasmiy tanlov o‘tkazishni rejalashtirmoqda, bu esa qiziqishning ortganini hisobga oladi. Qatar mezbonlikka da’vogar to‘rtinchi mamlakat bo‘ldi. Oldinroq Ispaniya va Marokash birgalikda KJChni o‘tkazish niyatlarini bildirishgan — ular Portugaliya bilan 2030 yilgi mundialga ham mezbonlik qilishadi. Shuningdek, Braziliya o‘tgan hafta rasmiy ravishda ariza bergan.

Kiritildi: 10:53 30.06.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!