Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Al Taniy BMT Bosh assambleyasidagi umumiy munozarada qatnashib, musulmonlarning muqaddas kitobini yoqish aksiyasi bilan islom dunyosini g‘azablantirayotganlarni “ahmoqlar”, deb atadi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
“Ruxsat bersangiz, irqchilik va butun xalqlar, dinlar va madaniyatlarga qarshi gij-gijlash kampaniyasiga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlamoqchiman. Shu munosabat bilan musulmon birodarlarimga aytamanki, ahmoqlar yoki ruhiy kasallar Qur’oni karimni yoqib bizni g‘azablantirishidan chalg‘imasligimiz kerak”, dedi u.
Qatar rahbari, shuningdek, “jirkanch jinoyatlar”ni oqlamaslikka chaqirib, diniy ehtirom obidalarini qasddan haqorat qilishni so‘z va ifoda erkinligi sifatida baholab bo‘lmasligini qayd etdi.