Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryolik yigit yarim tunda keksa ayolni o‘ldirib, qochib ketdi

Qashqadaryolik yigit yarim tunda keksa ayolni o‘ldirib, qochib ketdi

Qashqadaryo. 2020 yilning 25 may kuni soat 00:20 da Koson tumani Nasaf ko‘chasida 23 yoshli J.YU. boshqaruvida bo‘lgan "Lacetti" rusumli  avtomashinasini orqaga boshqarib, yo‘ldan kesib o‘tayotgan 67 yoshli K.B. ayolni avtomashinaning orqa tomoni bilan urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir etib, hodisa joyidan qochib ketgan. 

Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida K.B. og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 266-moddasi   2-kismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.

Kiritildi: 13:54 27.05.2020. O'qildi: 3991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!