Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryolik fermer o‘z daromadi hisobidan qishloq oilaviy poliklinikasini jihozlab berdi, kam ta’minlangan oilalarga bug‘doy ulashdi va 15 ta kam daromadli oilalarga qora mol olib berdi

Qashqadaryolik fermer o‘z daromadi hisobidan qishloq oilaviy poliklinikasini jihozlab berdi,  kam ta’minlangan oilalarga bug‘doy ulashdi va 15 ta kam daromadli oilalarga qora mol olib berdi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi fermer Jasur Lutfiyev joriy yilgi daromadi hisobidan tumanning «Obod» qishlog‘ida joylashgan 27-sonli oilaviy poliklinikani jihozlab berdi. Kam ta’minlangan oilalarga bug‘doy ulashdi. Bu haqda «Daryo»ga tuman hokimligi ma’lum qilmoqda.

Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, fermer el sog‘lig‘i haqida qayg‘urayotgan shifokorlar uchun «Obod» qishlog‘ida joylashgan 27-sonli qishloq oilaviy poliklinikasining bir xonasini jihozlab, kondisioner, televizor va karovat olib bergan. Shuningdek, ushbu hududda yashovchi kam daromadli oila Mavluda Rahimovaga bir bosh qoramol, Xolida Usmonova, Xolman Fayzullayev va Jumanazar Primovlarga bir boshdan mayda shoxli mol hamda yana boshqa 11 nafar kishiga ijtimoiy holatiga qarab 200 kilogrammdan bug‘doy ulashgan.

— Biz obodliklarga yordam qo‘lini cho‘zayotgan fermer Jasur Lutfiyevdan juda minnatdormiz, — deydi «Obod» qishloq fuqarolar yig‘inida Xotin-qizlar ishlari bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlovchi Shahnoza Yangiyeva. — Fermer nafaqat oilaviy poliklinikani jihozladi, balki mahallamizda yashovchi 15 ta kam daromadli oilalarga yordam qo‘lini cho‘zib, qora mol va mayda shoxli mollar olib berdi. Kam daromadli oilalarning 11 nafariga bug‘doy ulashdi.

Ma’lum qilinishicha, fermer joriy yilda 82 gektar maydonda g‘alla yetishtirgan bo‘lib, davlatga 261 tonna sara don sotib, 120 foizlik natijani qayd etgan.

Kiritildi: 19:58 26.07.2019. O'qildi: 2624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!