Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda o‘g‘rilik sodir etgan 19 yoshli shaxs ushlandi

Qashqadaryoda o‘g‘rilik sodir etgan 19 yoshli shaxs ushlandi

Shu yil 23 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi O.YU.(ismli ayol) IIBga murojaat qilib, shu yil 19 martga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning uyidan 20 mln. so‘m puli, 100 AQSh dollari va 7 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yakkabog‘ tumani Cho‘mich mahallasida yashovchi 19 yoshli U.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 10:08 27.03.2019. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!