Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda prokuror avtohalokatga uchragan Afg‘oniston fuqarolariga yordam berdi

Qashqadaryoda prokuror avtohalokatga uchragan Afg‘oniston fuqarolariga  yordam berdi

Joriy yilning 14 avgust kuni soat 19:00 lar atrofida G‘uzor tumani «Pachkamar» mahallasi hududidan o‘tgan Toshkent-Termez avtomagistral (M-39) yo‘lining 1257 kilometrida «Kobalt» va «Neksiya-2» rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida Termiz yo‘nalishiga qarab harakatlanib ketayotgan «Kobalt» rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan Afg‘oniston fuqarosi Shekib Mohad (o‘z so‘zidan Juzjon viloti sudi Shibirg‘on tumani sudyasi lavozimida ishlaydi), turmush o‘rtog‘i Raxima Safiya va ularning 12 yoshli qizi Shekib Mahdisa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga tushgan.

Hodisa joyiga chiqqan G‘uzor tuman prokurori B.Suyunov tomonidan bemorlar zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga keltirilib, ularga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, Shekib Mahdisaning olgan tan jarohati zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazishni talab etganligi bois, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi orqali malakali shifokorlar jalb etildi va jonlantirish bo‘limida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Bugungi kunda Afg‘oniston fuqarolarining sog‘ligi to‘liq tiklandi, ularning qizi Mahdisa ham o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan joriy yilning 14 avgust kuni holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinot kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:00 21.08.2019. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!