Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda Lacetti yukxonasidan 160 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht topildi

Qashqadaryoda Lacetti yukxonasidan 160 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht topildi

Qashqadaryo viloyatida tegishli hujjatlarsiz, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 25 mayga o‘tar kechasi soat 00:40 larda Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan haydovchi S.B. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi IIB xodimlari tomonidan Ko‘kdala tuman hududida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida to‘xtatilgan. Yukxona ko‘zdan kechirilganda tegishli veterinariya ma’lumotnomalarisiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan, 160 kilogramm og‘irlikdagi yirik mol go‘shtlari topilgan.

Go‘sht mahsulotlari Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirib ko‘rilganda, iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘lgan.

Viloyat hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi kuydirish pechida ushbu go‘sht mahsuloti yo‘q qilingan.

Kiritildi: 22:36 25.05.2022. O'qildi: 2036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!