Bugun, 19 iyul kuni soat 14:02 atrofida Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani FVBga Isuzu rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetiga ag‘anab, avtomashina saloni ichidagi 2 nafar fuqaroning qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat "G‘uzor – Samarqand" yo‘nalishi A-378 yo‘lining 90-kilometrida sodir bo‘lgan.
Zudlik bilan 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga yetib borib, qutqaruvchilar tomonidan atrofdagi fuqarolar yordamida jabrlangan 2 nafar fuqaro avtomashina ichidan olib chiqilgan.
Ta’kidlanishicha, fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.
Hozirda ularning ahvoli yaxshi,- deyiladi xabarda.