Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda ishqiy munosabatda ayblangan ayolning sochlarini kesib, do‘pposlashdi

Qashqadaryoda ishqiy munosabatda ayblangan ayolning sochlarini kesib, do‘pposlashdi

2022 yilning 09 iyul kuni soat taxminan 23-30 larda Yakkabog‘ tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi fuqarolar YU.E, YU.B, YU.R va YU.Xlar Yakkabog‘ tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi Q.M fuqaro YU.X bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurganligidan g‘azablanib, oyoq-qo‘lini bog‘lab, sochini kesib tashlab, tanasini duch kelgan sohalariga qo‘l-oyoqlari va qamchi bilan mutassil ravishda urib, qiynab, jismoniy azob berib tan jarohati yetkazishgan. Natijada Q.M. tan jarohati olib, Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro YU.E, YU.B va boshqalarga nisbatan O‘zR JKning 138-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:45 13.07.2022. O'qildi: 6933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!