Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzarlik fosh etildi

Qashqadaryoda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq navbatdagi qonunbuzarlik fosh etildi

Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda hududda “Giyohvandlik vositalarining noqonuniy realizasiyasiga qarshi kurashish” yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida Ko‘kdala tumanida yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi D.B.A. shartli xaridorga 3000 AQSh dollari evaziga 500 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaroning yashash xonadon ko‘zdan kechirilganda qo‘shimcha ravishda 25 gramm og‘irlikdagi “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonuniy tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:25. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!