Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda giyohvand modda saqlayotgan fermer xo‘jaligi ishchisi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda  giyohvand modda saqlayotgan fermer xo‘jaligi ishchisi  qo‘lga olindi

Joriy yilning 4 sentyabr’ kuni Koson tumani IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2021” keng qamrovli tadbirining 2-bosqichi doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, 1970 y.t., muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi bilan sudlangan, Koson tumani “Quybog‘” MFYda yashovchi fuqaro K.SH. ishlab kelayotgan Koson tumani “Jizzalik” MFYda joylashgan “Beruniy” fermerlar uyushmasiga qarashli fermer xo‘jaligi va yordamchi xo‘jaliklarini ko‘zdan kechirish jarayonida, fermer xo‘jaligida joylashgan tovuqxonasi hamda molxonasida yashil rangli, o‘tkir hidli o‘simlik quritmalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olindi.

Viloyat IIB sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra fermer xo‘jaligidan hujjatlashtirib olingan o‘simliklar “MARIXUANA” giyohvandlik vositalari va ularningning sof og‘irligi 5 755,6 grammga tengligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro K.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276-moddasi 2-qism “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 09:49 09.09.2021. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!