Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda erkak jazmani bilan uchrashish uchun ochiq dala maydoniga bordi. Yakun fojiali bo‘ldi

A A A
Qashqadaryoda erkak jazmani bilan uchrashish uchun ochiq dala maydoniga bordi. Yakun fojiali bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 36 yoshli ayol 37 yoshli jazmani tomonidan urib o‘ldirildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1987 yilda viloyatning Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan ayol S.S. 2023 yil 1 yanvar kuni soat 19:00 larda Shahrisabz tumanining Tepar qishlog‘ida yashovchi tanishi X.S. bilan ishqiy munosabatga kirishish uchun boshqaruvidagi Lacetti’da ochiq dala maydoniga borgan.

Mazkur dala maydoniga borgan 36 yoshli ayol va 37 yoshli erkak o‘zaro og‘zaki tortishib qolgan. Shunda ayol tanishining g‘ururiga teguvchi so‘zlar aytib, uni haqorat qilgan. S.X. esa bunga chidolmay tanishini qo‘li bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Aytilishicha, erkak tanish ayolni urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgach, yalong‘och holda hovlisining yoniga olib borib tashlagan.

Erkak tanish ayolini og‘ir ahvolda yashash uyi darvozasining oldiga tashlab ketgach, ayolning voyaga yetmagan o‘g‘li 2009 yilda tug‘ilgan L.A. onasini ko‘rib qolib, qo‘shnilarini yordamga chaqirgan.

2023 yil 2 yanvar kuni soat 03:00 larda ayol bosh miya yopiq jarohati, bosh miyaning og‘ir darajada lat yeyishi, bosh miyaning 4-darajali komasi, tananing ko‘plab sohalarida yumshoq to‘qimalari ezilishi kabi tan jarohatlari bilan tez yordam avtomashinasida Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelingan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan 2023 yil 2 yanvar kuni Shahrisabz tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 15:54 04.01.2023. O'qildi: 9937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!