Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda er xotinini do‘pposladi

Qashqadaryoda er xotinini do‘pposladi

Joriy yil 18 iyun kuni Qarshi tumani Qovchin MFYda yashovchi fuqaro A.N. spirtli ichimlik iste’mol qilib, turmush o‘rtog‘i K.S. bilan o‘zaro janjallashib, uni urib, tan jarohati yetkazgan.

Fuqaro K.S. olgan tan jarohati yuzasidan joriy yil 20 iyun kuni Qarshi tumani IIB boshlig‘i nomiga turmush o‘rtog‘i A.N.ga nisbatan chora ko‘rishlikni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.

Murojaat tuman IIB Navbatchilik qismidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, fuqaro K.S.ning olgan tan jarohati yuzasidan sudga oid tibbiy-ekspertizasi tayinlangan.

Hozirgi kunda fuqaro K.S.ga “Himoya orderi” berilib, holat yuzasidan Qarshi tumani IIB mas’ul xodimi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:13 22.06.2023. O'qildi: 2051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!