Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jami 117 175 ta qaror qabul qilingan.
Ulardan 449 tasi bekor qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘p.
Eng ko‘p bekor qilingan qarorlar soni quyidagi hududlarda qayd etilgan:
▪️ Qashqadaryo viloyati — 77 ta
▪️ Sirdaryo viloyati — 63 ta
▪️ Buxoro viloyati — 56 ta
▪️ Namangan viloyati — 41 ta
▪️ Xorazm viloyati — 36 ta
▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 34 ta.
Shuningdek, sudlar tomonidan 8 ta qaror haqiqiy emas deb topilgan, yopiq holda qabul qilingan qarorlar soni esa 36 910 tani tashkil etgan.