O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 94-sonli “Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasini belgilash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qaroriga asosan “Hisor” davlat qo‘riqxonasi hududidan Hazrati Sulton platosi, Suvtushar sharsharasi, Dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori ob’ektlari ziyorat turizmi va ekologik turizmni tashkil qilish uchun qo‘riqxonaning qo‘riqlanma zonasiga chiqarilgan.
BMTning taraqqiyot dasturi “Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilmaxillikni muhofaza qilish maqsadida muhim tog‘li hududlarda o‘rmonlardan va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va boshqarish loyihasi” tomonidan 2022-yilda Miraki bo‘limining Suvtushar sharsharasidagi 108,0 gektar qo‘riqlanma hududda jami 1.2 mlrd. so‘m loyiha mablag‘lari hisobidan ekoturistik infratuzilma qurish ishlari amalga oshirildi. Unda milliy uslubdagi 5 ta bessedka, 1 ta Axborot markazi, 5 ta ko‘prik, 480 metr yo‘lakcha, 153 ta quyosh batareyasi yordami yoritiladigan yoritgichlar, 5260 metr chegara to‘siqlari, 1 ta nazorat posti, 1 ta ishchilar xonasi, 1 ta kuzatish paviloni, o‘tovlar uchun joy kabi bir qancha zamonaviy ekoturuzm maskanlari namunaviy loyiha asosida barpo etildi.
Sharshara qo‘riqxonaning Miraki bo‘limining Suvtushar soyining boshlanish qismida, dengiz sathidan 2100 metr balandlikda joylashgan. Sharsharaning balandligi 84 metr bo‘lib, katta qoya toshlar va archazorlar orasida joylashganligi bilan e’tiborni tortadi. O‘ziga xos ajib bir kuyni chalib, sohibjamolning uzun yoyilgan kokillarini eslatuvchi suvning shiddatli oqimi ushbu sharshara suvini ko‘pirtirib, oppoq holatga olib keladi. Shuning uchun mahalliy aholi orasida gohida Suttushar sharsharasi ham, deb atashadi. Sharsharaga borishga qadar hududni tabiiy manzara bilan boyligi, hayvonot dunyosidagi O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan yovvoyi hayvonlar - Qo‘ng‘ir ayiq, qushlardan Oqboshli qumoy, Boltayutar, Burgut va quyon kabi turlar uchraydi.
Qo‘riqxona qo‘riqlanma hududida ekoturizm ob’ektlarini tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani yaratish, tadbirkor va investorlarni jalb etish, davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, betakror tabiat mo‘’jizasi nafaqat ichki balki tashqi turizmni rivojlantirish, xalqaro sayyohlar oqimini ko‘payishiga xizmat qiladigan "Hazrati Sulton platosi", "Dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori" ob’ektlarida ham ekoturizmni rivojlantirish loyihalari tayyorl
anmoqda.