📱Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, (https://t.me/jamoat_nazorati/7807) Qashqadaryoda "Damas" avtomobili 🔥yonib ketganligi bo‘yicha ma’lumot
⚡️Joriy yilning 29 sentyabr kuni soat 22:45 larda, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1176-kilometrida haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan O.Q. "Damas" rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasida qisqa tutashuv yuzaga kelgan.
🔹Haydovchi to‘xtagan va o‘zi zudlik bilan avtomobildan tushgan.
🔹Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
❗️Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
‼️Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz.