Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda 1905 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht yoqib yuborildi

Qashqadaryoda 1905 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht yoqib yuborildi

Qashqadaryo viloyati IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari sohaviy xizmatlar va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda, fuqarolar tomonidan 6 ta holatda jami 1905 kg veterinariya laboratoriya ekspertiza xulosasiga asosan iste’mol uchun yaroqsiz deb topilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini viloyatimiz va Respublikamizning iste’mol bozorlariga chiqishini oldi olinib, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida tegishli tartibda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Bundan tashqari, 5 oy davomida veterinariya-sanitariya tartib qoidalarini buzgan 327 nafar fuqaroga nisbatan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, 15.888.500 so‘m miqdorda jarima qo‘llanildi.

Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Kiritildi: 11:46 08.06.2021. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!