Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda 16 yoshli o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qildi

Qashqadaryoda 16 yoshli o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining 16-maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Voqea haqida xabar bergan "Nasafnews" muxbirining aytishicha, voqea joriy yilning 5 may kuni sodir bo‘lgan.

Maktabning 9-D sinfida o‘quvchisi E.Q.(qiz bola) darsdan so‘ng uyiga borib, arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan va vafot etgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, qiz 2006 yil tug‘ilgan. Voqeadan avval o‘qituvchilardan biri uni telefondan foydalangani uchun tergagan va dars vaqtida telefon ishlatish mumkin emasligini aytgan.

Holat yuzasidan hozirda Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:53 07.05.2022. O'qildi: 5209 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!