Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda 10 mln so‘m soxta pul yasab, muomalaga chiqargan shaxslar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda 10 mln so‘m soxta pul yasab, muomalaga chiqargan shaxslar qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 10 million so‘m soxta pul yasab, muomalaga chiqargan yoshlar qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, kosonlik yoshlar YO.B. va S.F.lar 200 dona 50 ming so‘mlik kupyuralarni rangli printerdan chiqarib, bozordan qora mol xarid qilgan.

Soxta pul ishlab chiqaruvchilar 2020 yil 24 yanvar kuni Koson tumanidagi «Olato‘n» bozoriga boradi va soxta pullariga kosonlik T.M.ning 10 million so‘mlik ho‘kizini sotib oladi.

Bozordan uyiga qaytgan mol egasi pullar soxta ekanligini bilgach, bu haqda Koson tuman IIBga ma’lum qiladi. Tuman IIB xodimlarining sa’y-harakati bilan firibgarlar qo‘lga olinadi.

Hozirda holat yuzasidan Koson tuman IIB TB tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:56 09.02.2020. O'qildi: 3292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!