Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryo viloyatidagi xonadonda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Qashqadaryo viloyatidagi xonadonda qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yakkabog‘ tumani “Hiyobon” mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu xonadonda yashirin sex tashkil qilib, kelib chiqishi noma’lum va sifati kafolatlanmagan dori vositalariga qalbaki etiketkalar yopishtirib, kelgusida dorixonalarga o‘tkazish maqsadida saqlab kelinayotganligi aniqlanib, yashirin sexdan umumiy bahosi 709 mln so‘mlik 4 turdagi jami 2 391 dona dori vositalari, har xil turdagi dori qutilari va qalbaki yorliqlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xonadonda, turli kimyoviy moddalardan tayyorlanayotgan, biror tekshiruv va lisenziyadan o‘tmagan “dorilar” qalbaki tarzda tayyorlanib kelgusida sotuvga chiqarish uchun hozirlab qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 22:26 23.07.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!