Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sexi fosh etildi

Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qo‘lbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish sexi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.YO. “Qumqishloq” MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari tayyorlab kelganligi aniqlanib, ushbu yashirin sexdan 456 dona qalbaki alkogol mahsuloti va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.S. Yangiyo‘l tumani, "Mingbuloq" MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari tayyorlab savdo do‘konida sotib kelganligi aniqlanib, yashirin sex va savdo do‘konidan 690 litr spirt, 452 dona qopqoq, 397 dona bo‘sh shisha idish, 324 quti aksiz markasiz tamaki mahsuloti va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:14. O'qildi: 212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!