Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Qarzdorlik sabab Volkswagen auksionga chiqariladi

Qarzdorlik sabab Volkswagen auksionga chiqariladi

Byuroning Sayxunobod tumani bo‘limi tomonidan davlat foydasiga, xususan soliq organlari foydasiga undiruvlarning o‘z vaqtida ijro etilishi alohida nazoratga olingan.

Joriy yilning o‘tgan davrida bo‘lim tomonidan jami 16,7 mlrd. so‘mlik soliq undiruvlari ijrosi amalda ta’minlandi.

Misol uchun,Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasining qarzdor fermer xo‘jaligidan jami 46 mln. 482 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi 5 ta ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Belgilangan muddatda qarzdorlik ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli “Volkswagen” rusumli elektromobil xatlangan.

Bugungi kunda mazkur avtomashinani baholab, auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 21:03 04.06.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!