Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qarzdor fuqaro Zangiota tumanidan topildi

Qarzdor fuqaro Zangiota tumanidan topildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 23.01.2014 yildagi qarzdor A.D. dan undiruvchi M.R. ning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ¼ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yangiyer shahar bo‘limi ish yurituviga 27.01.2014 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Qarzdor aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotganligi sababli, uning yashash xonadoni ya’ni Yangiyer shahar, Bahor ko‘chasi, 9A-uy, 4-xonadon MFY vakillari va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklari yo‘qligi va yashamayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Shu sababli, qarzdorga nisbatan 07.07.2020 yilda qidiruv e’lon qilingan. Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida, qarzdor A.D. Toshkent viloyati, Zangiota tumanidan topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

Shavkatjon Sarkayev,

Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi
qidiruv sho‘’basi inspektori

Kiritildi: 21:21 29.11.2022. O'qildi: 1831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!