Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qarshida noyob jarrohlik amaliyoti orqali yutib yuborilgan igna bo‘yin umurtqasidan olib tashlandi

Qarshida noyob jarrohlik amaliyoti orqali yutib yuborilgan igna bo‘yin umurtqasidan olib tashlandi

Joriy yilning 17 oktyabr kuni respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limiga tish tozalayman deb igna yutib yuborgan bemor yotqizildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, bemor o‘n to‘qqiz yoshda, ismi-sharifi  Ozod Normatov, G‘uzor tumanida tug‘ilgan.

Filialda ushbu operasiyani amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi sababli markaz bilan kelishuv asosida bemor viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Unga “bo‘yin umurtqasining uchinchisida, chap yon tomonida yot jism (igna)” degan tashxis qo‘yildi.

Bo‘limda o‘tkazilgan konsiliumdan so‘ng 19 oktyabr kuni bemorda EOP (elektro-optika preobrazovatel) apparati yordamida shifokorlar Soat Temirov va Suvon Berdiyev tomonidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Mazkur uskuna yordamida hech kanday asoratsiz, qon tomir va nerv tomirlarga zarar bermagan holda igna olib tashlandi.

-Bunday amaliyot viloyatimizda, bizning tibbiyot markazimizda EOP apparati yordamida birinchi marta muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi, -deydi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori To‘lqin Rasulov.

Ayni paytda bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Kiritildi: 07:30 22.10.2019. O'qildi: 1615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!