Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qarshida ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga topshirilgan uylarning 10 foiz mablag‘i to‘lab berildi

Qarshida ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga topshirilgan uylarning 10 foiz mablag‘i to‘lab berildi

Uzoq vaqt boshpanasizlikdan qiynalgan 50 nafardan ziyod xotin-qiz, nogironligi bor kishilarga Qarshi mahallasida yaqinda qurib bitkazilgan arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uylardan yangi xonadonlar kalitlari tantanali topshirildi. Bu haqda Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati xabariga tayanib «Nasafnews» muxbiri xabar qildi.Mehmonlar, jumladan, keng jamoatchilik vakillari guvohligida uyga egalikni tasdiqlovchi sertifikat va yangi xonadon kalitlari o‘z egalariga berildi.

Tadbir asnosida mehmonlar ko‘p qavatli uyda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Yangi xonadon sohiblarini qutlashib, bu uylarda eng yaxshi damlarni o‘tkazishiga tilakdosh bo‘lishdi.

Qayd etish joiz, 50 nafardan ziyod xotin-qizga topshirilgan mazkur xonadonlar umumiy qiymatining 10 foizi davlatimiz tomonidan to‘lab berildi.

Kiritildi: 07:50 12.12.2019. O'qildi: 1172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!