Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Qarshida ayollarni zo‘rlash boshlandimi? Prokuror, sudyalar sotilganmi? Dahshat!"

"Qarshida ayollarni zo‘rlash boshlandimi? Prokuror, sudyalar sotilganmi? Dahshat!"

2020 yil 24 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqning YouTube saytiga "Qarshida ayollarni zo‘rlash boshlandimi? Prokuror, sudyalar sotilganmi? Dahshat!"sarlavhali videotasvir joylashtirilganligi yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qarshi shahar, “Shohbekat” MFY, Istiqbol ko‘chasi, 21-a-uyda yashovchi fuqaro Berdiyeva Dilfuza O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilib, u o‘z arizasida “2019 yil 12 avgust kuni soat 2040 larda Qarshi Lokomotiv deposi “Mashinistlar dam olish uyi” dagi xodimlar ovqatlanadigan xonaga kirganida, unga tanish bo‘lgan SH.A.Ne’matullayev uni ortidan kirganligini, so‘ngra chiroqni o‘chirib, qo‘lidan ushlab, yopisha boshlaganligini, uni bir necha marotaba itarib tashlaganligini, og‘zidan keladigan hidga chidab bo‘lmasligini, uni nomusiga tegmoqchiligini, so‘ngra ayollik sha’ni, qadr-qimmati zo‘rlanmoqchiligini bilib, jon talvasasi bilan eshikka yugurganligini, so‘ngra unga notanish bo‘lgan xizmat safaridagi komandir eshikni ochganligini, SH.Ne’matullayev eshikni qaytarib yopganligini, shu zahoti u zal tomonga harakatlanganligini, so‘ngra SH.Ne’matullayev uni uyali qo‘l telefonini yulib olganligini, so‘ngra uni telefonini S.Qurbonov olib kelib berganligini, SH.Ne’matullayevga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni, unga nisbatan yetkazilgan 50.000.000 (ellik million) so‘m miqdoridagi moddiy-ma’naviy zararni undirishlikni” so‘ragan.

     Fuqaro D.I.Berdiyevaning arizasi Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB Navbatchilik qismidan 13.08.2019 yildaro‘yxatdan o‘tkazilgan. 

       Bundan tashqari, G‘uzor tumani Qoratikan qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ne’matullayev Shahzodjon Abror o‘g‘li Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, u o‘z arizasida “2019 yil 12 avgust kuni soat 20.00 larda Qarshi Lokomotiv deposi “Mashinistlar dam olish uyi” dagi 12-raqamli xonaga joylashganligini, dam olish uyining navbatchisi D.I.Berdiyeva bilan o‘zaro tortishib qolganligini, unga D.I.Berdiyeva “Seni onang iflos, seni odam tug‘magan, it tuqqan”-deb aytib, uni og‘izga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqorat qilganligini, shu sababli jahl ustida uni ham og‘izga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqorat qilganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni” so‘ragan.

       Fuqaro SH.A.Ne’matullayevning arizasi Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB Navbatchilik qismidan 15.08.2019 yilda  ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Holat yuzasidan D.I.Berdiyeva, SH.A.Nematullayev, O‘.R.Jumayev, U.A.Rejabov, M.N.Muminova, SH.X.Choriyev, J.I.Hamdamov, S.E.Qurbonov, A.A.Jalilov, B.G.Arslanovlardan tushuntirish xatlari olinib, ish hujjatlariga qo‘shilgan. 

Qashqadaryo viloyati Narkologiya dispanseri navbatchi shifokori tomonidan 13.08.2019 yilda o‘tkazilgan tekshiruvda, fuqaro Ne’matullayev Shahzodjon Abror o‘g‘li hushyor holatda ekanligi aniqlangan.

Qarshi Lokomotiv deposi boshlig‘ining 14.08.2019 yildagi 93v-sonli buyrug‘iga asosan uzrli sabablarsiz ish joylarini tark etganliklari uchun bosh energetik SH.Choriyevga Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan xayfsan intizomiy jazosi, qozonxona mashinisti SH.Teriqulovga Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan o‘rtacha oylik ish haqidan  20 % miqdorida intizomiy jazo choralari qo‘llanilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Boshqarma XPB katta inspektori  tomonidan olib borilib, natijasi bo‘yicha 19.08.2019 yilda SH.A.Ne’matullayevga nisbatan MJtKning  41-moddasi bilan, D.I.Berdiyevaga nisbatan MJtKning 41-moddasi tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, Qarshi shahar ma’muriy sudiga 34/6-1174-chiqish bilan yuborilgan.

Bundan tashqari, D.I.Berdiyevaning Qarshi transport prokuraturasiga yozgan arizasi 24-19-288-chiqish bilan 12.09.2019 yilda Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTBga aloqa xati asosida yuborilib, Boshqarma Navbatchilik qismidan 12.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 06:01 28.01.2020. O'qildi: 12610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!