Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qarshida Aliment to‘lamagan 22 nafar otaning ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi

Qarshida Aliment to‘lamagan 22 nafar otaning ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi

Joriy yilning 6-10 sentyabr kunlari Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi tashabbusi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi tomonidan voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan 22 nafar qarzdor fuqarolarga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

7-sentyabr kuni ma’muriy ishi ko‘rilgan E.B. Qarshi shahridagi “Haramjo‘y” MFYda yashaydi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 2020 yil 7 dekabr kunidagi buyrug‘i bilan undiruvchi X.B. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati MIB Qarshi shahar bo‘limi ish yurituviga olingan bo‘lib, qarzdorga bu haqda tushuntirish berilgani va bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay E.B. aliment to‘lashni paysalga solib keldi. Bu orada qarzdorlik 8 mln. 881 ming so‘mga borib yetadi. Oxir-oqibat mazkur ijro hujjati mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuboriladi. Sud majlisida otalik burchini unutgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javbogarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47/4-moddasi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, shu kuni shaharning «Mahallot» MFYda istiqomat qiluvchi T.I. 14 mln. 877 ming, «Temiryo‘lchi» MFYda istiqomat qiluvchi F.A. 16 mln. 544 ming, «Zahokimaron» MFYda yashovchi S.G. 21 mln. 977 ming so‘m aliment qarzdorligini to‘lamaganligi uchun ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

Shuningdek, sud jarayonida 5 nafar qarzdor aliment pullarini to‘lab berganligi bois, jazodan ozod etildi. Jumladan, «Eski anxor» MFYda yashovchi qarzdor A.I. ixtiyoriy ravishda 5 mln. 520 ming qarzdorligini to‘lab berganligi bois, ushbu ma’muriy ish harakatdan to‘xtatildi.

Sud jarayonida o‘z otalik burchini, farzini unutgan 17 nafar otaga nisbatan sudning qarori bilan turli muddatlarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 23:14 13.09.2021. O'qildi: 2011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!