Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.N o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabar tarqalgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 19 yanvar kuni Qarshi shahrida yashagan 38 yoshli N.N. Qarshi shahar, “Oydin” mahalla fuqarolar yig‘ini, Jayxun ko‘chasida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasida o‘zini o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.