Turkiya Ichki ishlar vaziriga ko‘ra, Asad rejimi qulaganidan keyin Turkiyadagi 25 mingdan ortiq suriyalik uylariga qaytdi.
Turkiya IIV rahbari Ali Yerlikayaning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 15 kun ichida shuncha miqdordagi suriyalik o‘z yurtiga qaytgan.
Ma’lumot uchun, Turkiyada Suriyadagi fuqarolar urushidan qochgan qariyb 3 million odam yashaydi.