Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Qamchiq" dovoniga dam olishga borgan fuqaroga yordam ko‘rsatildi

"Qamchiq" dovoniga dam olishga borgan fuqaroga yordam ko‘rsatildi

Kecha, 4 iyul kuni soat 13:15 larda "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining navbatchi dispetcherlik xizmatiga tog‘da odam qolib ketgani haqida ma’lumot kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruvchilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyatidan kelgan 3 nafar fuqaro dam olish maqsadida "Qamchiq" dovonining "Ertosh" qishlog‘iga borib baland toqqa chiqishgan va natijada 1 nafar fuqaro baland tog‘dan tusholmay qolib ketgan.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib tushilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Kiritildi: 13:36 05.07.2022. O'qildi: 2809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!