Kuchli qor yog‘ishi sababli Qamchiqdagi dam olish maskanlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 151-kilometrida, Qamchiq dovoni hududida kuchli qor yog‘ishi qayd etildi. Qor ko‘chishi xavfi yuqori bo‘lgani sababli Qor City va Qor Saroy mavsumiy ko‘ngilochar maskanlari faoliyatini to‘xtatdi.