Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Qamchiq” dovonida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

“Qamchiq” dovonida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Qamchiq” dovoni “Namangan muntazam” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro A.A. hech qanday hujjatsiz xorijda ishlab chiqarilgan 4 xil turdagi jami 2 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:59 23.04.2024. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!