Vladimir Putinning bayonotlaridan asosiy tezislar:
◾️ Vladimir Putin rossiyaliklarga so‘nggi kunlarda ko‘rsatgan chidamlilik, birdamlik va vatanparvarlik uchun minnatdorchilik bildirib, tartibsizliklar keltirib chiqarishga qaratilgan har qanday urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashini ta’kidladi;
◾️ Dam olish kunlarida uyushtirilgan qurolli qo‘zg‘olon baribir to‘xtatilgan bo‘lardi;
◾️ Qo‘zg‘olon tashkilotchilari xalqqa xiyonat qildi;
◾️ Rossiyaning dushmanlari mamlakatni qonli fuqarolar nizosiga botishini xohlashdi, ular noto‘g‘ri hisobladilar;
◾️ Vladimir Putin harbiylar, huquq-tartibot va maxsus xizmatlarga, shuningdek, isyonchilar yo‘lida turgan qahramon uchuvchilarga minnatdorchilik bildirdi;
◾️ Halok bo‘lgan uchuvchi-qahramonlarning jasorati va fidoyiligini alohida e’tirofga loyiq;
◾️ 24 iyun kuni sodir bo‘lgan voqealar boshidanoq prezidentning bevosita buyrug‘i bilan qon to‘kilmasligi uchun qadamlar tashlandi;
◾️"Vagner" jangchilariga berilgan va’da amalga oshadi: ular Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash, Belarusga ketish yoki uyiga qaytish variantlaridan birini tanlashi lozim;
◾️ Vladimir Putin Lukashenkoga isyonni tartibga solishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi;
◾️ Qo‘zg‘olonni to‘xtatishda ruslarning vatanparvarlik kayfiyati, Rossiya Federasiyasining butun jamiyatini birlashtirish hal qiluvchi rol o‘ynagan.